

"Issiq iqlim va namlik tufayli biroz toliqish alomatlari sezildi. Jamoamiz a'zolari ko'p ter to'kishiga to'g'ri keldi.
Jahon chempionatida ishtirok etishni har bir futbolchi orzu qiladi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'radi. Mazkur yig'in yuqori tajribaga ega bo'lmagan futbolchilar uchun o'yin amaliyotiga ega bo'lishga yordam berdi.
Dominikan Respublikasiga qarshi yig'in doirasidagi ilk uchrashuvda biroz qiynalgandik. O'zbekiston bilan o'yinda esa hamjihatlikka erisha oldik", – dedi 28 yoshli futbolchi.



