Xose Luis Chilavert: "Maradona Messi yutganlarining bir foizini ham yutmagan. Lionel – eng zo'ri"

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2020
Paragvay sobiq darvozaboni Xose Luis Chilavert Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini Diego Maradona bilan taqqosladi.

"Messi – sayyoramizdagi eng yaxshi futbolchi, bunga shabha yo'q. Maradona Messi yutganlarining bir foizini ham yutmagan.

Argentinaliklar Argentinani tanlagani (Ispaniyani tanlamagani) uchun Messiga minnatdorchilik bildirishlari kerak, uning o'yinini tomosha qilish insonga zavq bag'ishlaydi", - deydi Chilavert Radio Rivadavia'ga.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca