Xorxe Sampaoli: "Lester"ni yirikroq hisobda yutishimiz mumkin edi"

Tolibjon Qosimov
23 fev 2017
"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli YCHL 1/8 finali doirasida "Lester" (2:1)ni yirikroq hisobda mag'lub etilmaganidan ajablanganini aytib o'tdi.
"Biz raqibdan bir bosh yuqori darajada o'yin ko'rsatdik. Bizda juda ko'p golli vaziyatlar bo'ldi. O'ylashimcha, yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Endi g'alabani safarda ushlab qolish kerak. Bu g'alaba biz uchun muhim, lekin o'yindagi katta ustunlikdan foydalana olmaganimiz meni ajablantirdi", - deydi Sampaoli.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Espana