Xorvatiya terma jamoasi shifokori Modrichning jarohatida Anchelottini aybladi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2015, 12:43
Xorvatiya terma jamoasi shifokori Boris Nemecning hisoblashicha, milliy jamoa va "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichning jarohatida "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti aybdor.

"Modrich har o'yin 90 daqiqa o'ynadi. Anchelotti tufayli Modrich katta bosim ostida qoldi. Modrich oyog'iga zarba berishgani uchun emas, to'liq tayyor bo'lmaganligi uchun jarohat oldi. Uni ayab o'ynatishganida, Modrich jarohat olmagan bo'lardi" - deydi Nemec.

29 yoshli xorvat jarohat tufayli 6 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com