

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 30 yoshli vingerning klub bilan shartnomasi 2,5 yilga mo'ljallangan.
Orshich 2022/23 yilgi mavsum "Dinamo" tarkibida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi.
U shuningdek Xorvatiya terma jamoasi tarkibida JCH-2022da bronza medallariga sazovor bo'ldi.



