"Xorazm"da nima gaplar? Yetakchilar bilan shartnoma uzaytirildi va Tojikistondan darvozabon kelmoqda

Khoja
22 dek 2025
"Xorazm" kelasi mavsum oldidan tarkibning o'zagini saqlab qoladi.

Xorazmliklar o'tgan mavsum jamoaning asosiy futbolchilari bo'lgan Jasur Azimov, Rustam Abduhamidov va Abbos Otaxonov bilan shartnoma uzaytirdi.

Shuningdek,  Tojikistonning "Istiqlol" klubi darvozaboni Nikola Stoshich bilan shartnoma tuzishga yaqin.

Hozirgacha o'tgan yilgi tarkibdan ijaraga olinganlar, Humoyunmirzo Iminov va Hazratjon Tursunqulov Xorazmdan ketishgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia