"Xorazm" Abbos Otaxonovni tarkibiga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2025
"Xorazm" matbuot xizmati himoyachi Abbos Otaxonov jamoa tarkibiga qo'shib olinganligini ma'lum qildi.

30 yoshli himoyachining so'nggi jamoasi Tailandning "Muangtong Yunayted" bo'lgandi. U ushbu jamoa tarkibida umumiy hisobda 37 o'yinda qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etdi.


Ikkinchi davra starti oldidan "Xorazm" Superliganing 13-pog'onasini egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати