Xolmurod Xolmurodov: "Yangier" bilan bahsda g'alaba qozonishimiz shart"

Aziz Tukhtamuradov
11 may 2017
"Mashal-2" klubi futbolchisi Xolmurod Xolmurodov "Yangier"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"O'tgan turlarni ikkitasini safarda o'tkazdik va birida mag'lub bo'lib, ikkinchisida g'alaba qozondik. Ammo, endi yana ikki bahs Muborakda bo'ladi va har ikki bahsda g'alaba qozonishimiz shart. O'ylaymanki jamoamiz bilan bu bahslarni o'zimiz uchun ijobiy hal etamiz. Biz bunga qodirmiz va albatta muxlislarimizni xursand qilamiz", - deydi "Mashal-2" jamoasi futbolchisi Xolmurod Xolmurodov.




Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia