Xolid Eysa: "Biz uchun O'zbekistondagi hech bir bahs oson bo'lmagan"

Nozimov Nig'monxo'ja
20 sen 2023
Paxtakor  - Al Ayn uchrashuvidan so'ng mehmonlar darvozaboni Xolid Eysa o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

-Birinchi navbatda juda yorqin g'alaba bilan tabriklayman va ushbu bahs haqida fikrlaringiz?

-Avvalambor tabrik uchun rahmat.Paxtakordek katta jamoaga qarshi uchrashuvda qo'lga kiritilgan uch ochko biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. “Paxtakor”  O'zbekistonning amaldagi chempioni va hozirda ham musobaqa peshqadami hisoblanadi. Bunday jamoaga qarshi g'alaba biz uchun oldinga tashlangan juda katta qadam.

Bugungi uch ochko juda oson qo'lga kiritilgandek tuyilmadimi?-Biz uchun O'zbekistondagi hech bir bahs oson bo'lmagan. Biz “Paxtakor” va “Bunyodkor” kabi o'zbek klublari bilan juda ko'p bor to'qnash kelganmiz.  bu uchrashuvlarning har biri qiyin va shiddatli bo'lgan.

Guruh autsayderi deb qaysi jamoani aytgan bo'lardiz?

-Rostini aytsam bilmayman. Men faqat bor e'tiborimni jamoaga qarataman va mening maqsadim shunday davom etib keyingi bosqichga chiqish.

Ronaldu va Benzemadek futbolchilarga qarshi o'ynash sizga katta qiyinchilik tug'dirmaydimi?

-Biz “Real Madrid” va Benzemaga qarshi oldin ham o'ynaganmiz. Bunday futbolchilarga qarshi to'p surish juda qiyin, ammo maroqli.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia