Xolandga Rossiyadan sovg'a yuborishdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2024
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland rossiyalik videobloger Xasbik "niki" bilan mashhur bo'lgan Xasbulla Magomedovdan sovg'a qabul qilib oldi.

Sovg'ani aralash kurashlar jangchisi, engil vaznda UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Rizvan Magomedov norvegiyalikka etkazgan. Aynan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida videorolikni chop etgan. Paketning ichida nima borligi ma'lum qilinmagan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia