Xoland termadagi 45-o'yinida 44-golini urdi

Mirjalol Normatov
10 sen 2025
Erling Xoland Norvegiya termasi tarkibida 45-o'yinida 44-golini urdi.

"Manchester Siti" hujumchisi JCH-2026 saralashi doirasida Norvegiya - Moldova bahsining 11-daqiqasida raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

9 sen 2025, 23:45
Norway — Moldova
11 – 1
Tugadi

Shu orqali Xoland milliy jamoasi tarkibidagi 45-bahsida 44-golini urdi. U terma tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

Qayd etish kerak, Xoland termadagi so'nggi 8 uchrashuvining barchasida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bunga qadar u Italiya, Isroil, Moldova, Sloveniya, Estoniya, Finlyandiya darvozasiga bittadan gol urgan bo'lsa, Qozog'iston bilan bahsda xet-trik qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia