Xoland Sulsherdan qanday tabrik olganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2022
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherdan tabriklar qabul qilib olganligini aytib o'tdi.

"Siti" bilan shartnoma qilganimdan keyin u meni tabrikladi: "Manchesterning yomon tomonidagi faoliyatingga omad!". U bilan ko'p gaplashib turaman. Bilasiz, Sulsher "Molde"da o'ynayotganimda faoliyatimga juda katta ta’sir o'tkazgan. U juda yaxshi inson", - dedi Xoland.

Eslatib o'tamiz, Sulsher vatandoshini "Yunayted"ga olib kelishga harakat qilgan, ammo bu amalga oshmagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal