Xoland sonidagi jarohati sabab yil so'nggiga qadar safdan chiqdi

Alisher
4 noya 2021, 11:30
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o'g'lining son jarohati sabab 2021 yilning so'nggiga qadar safdan chiqqanini xabar qildi.

"Vaziyatni hisobga olsak, Erlingda barchasi unchalik yomon emas, ammo u ma'lum bir vaqtni o'tkazib yuborishi kerak.

U Rojestvoda maydonga qaytsa zo'r bo'lardi, ammo buning ehtimoli kam", - deydi katta Xoland.

21 yoshli Xoland 2021/22 yilgi mavsum "Borussiya" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 4ta assit qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal