Xoland "Manchester Siti"dan ketmoqchi, nega?

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland yaqin yozda "Manchester Siti"dan ketmoqchi.

Norvegiyalik kelasi mavsumni Chempionlar ligasisiz o'tkazishga tayyor emas.

To'purar o'z poziciyasini "Siti" rahbariyatiga tushuntirdi. Klub joriy mavsumda nostabil va ehtimol kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasligi mumkin. Bu Xolandni ketishga undaydi.

O'yinchi uchun asosiy davogar "Real" hisoblanadi. Shuningdek, Erlingga yaxshiroq shartnoma taklif qilishga tayyor bo'lgan PSJ ham bor. Ammo, hujumchini kuchsizroq bo'lgan Fransiya chempionatidagi imkoniyatlar o'ziga jalb qilmaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia