"Xo'jand" o'zbekistonlik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2018
Tojikistonning "Xo'jand" klubi o'z tarkibiga ikki nafar legionerni qo'shib oldi.

32 yoshli ukrainalik hujumchi Dmitriy Gorbushin va 27 yoshli o'zbekistonlik himoyachi Vusol Magerramov "Xo'jand" bilan shartnoma tuzdi.

Vusol Magerramov bu mavsum birinchi davrani PRO-Liga vakili Haqqulobodning "Norin" klubida o'tkazgandi.

"Men "Xo'jand"ga jamoaga katta g'alabalarga erishishiga va OFK kubogiga chiqishiga yordam berish uchun keldim. Tojikistonga ilk bor keldim, imkon qadar tezroq moslashib ketaman deb umid qilaman", - deydi Magerramov tfl.tj saytiga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia