"Xoffenxaym" egasi futbolchilarni bo'shashmaslikka chaqirdi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2017
"Xoffenxaym" egasi Ditmar Xopp jamoa futbolchilarini bo'shashmaslikka va Bundesligadagi navbatdagi bahslarda g'alaba oson qo'lga kiritilishi haqida o'ylamaslikka chaqirdi.

Yulian Nagelsman shogirdlari Germaniya chempionatining 27-turida "Bavariya"ni 1:0 hisobida taslim etdi.

"Biz katta muvaffaqiyatlarga erishganmiz. Navbatdagi bahslarda jamoa g'alabani oson qo'lga kiritishi haqida o'ylash kerak emas" - deydi Xopp.

Bundesliga turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky