"Bavariya" sobiq futbolchisi: "Agar Bundesligani yuta olmasa, Tuxelni bo'shatishadi"

Sherzod Nurmatov
25 apr 2023
"Bavariya" sobiq a'zosi Ditmar Xamann Myunxen klubiga tayinlangan Tomas Tuxelning natijalari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Rahbariyat tayinsiz ish qildi, murabbiy ham g'alati taassurot qoldirdi. Agar Tomas Tuxel chempionlikni boy bersa, u albatta ishdan bo'shatiladi. Murabbiy almashganidan keyin qisqa muddatda vaziyat yomonlashganini kamdan kam ko'rganman. "Bavariya"da aynan shunday bo'ldi", – dedi Ditmar Xamann.

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel qo'l ostida "Bavariya" Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi, Bundesligada esa yetakchi "Borussiya"dan bir ochko ortda qolmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky90