Vetnam U-20 termasi ustozi: ​"Avstraliya bilan bahsda bor salohiyatimizni ishga solishga harakat qilamiz"

Sherzod Nurmatov
28 fev 2023, 15:37
Vetnam U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Xoang An Tuan U-20 Osiyo Kubogi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Jamoada turnirga tayyorgarlik qanday o'tdi?

- Bizda ushbu musobaqaga kelishdan oldin tayyorgarlik uchun 2 hafta vaqt bor edi, Toshkentga kelgunga qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Musobqaga kelishdan oldin 2 ta nazorat uchrashuvi o'tkazdik Saudiya Arabistoni U-20 termasi va Dubay jamoasi bilan o'ynadik.

- Janob murabbiy, ertangi raqiblaringizning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida gapirib o'tsangiz?

- Avstraliya terma jamoasiga qarshi futbolchilik faoliyatimda o'ynaganman. Avstraliya U-17, U-18, U-20 terma jamoalari bilan o'ynaganmiz va U-23 terma jamoasining uchrashuvlarini tahlil qilib chiqdim va ular kuchli jamoa deb o'ylayman.

- Turnirga tayyorgarlik jarayonida jarohat olgan o'yinchilaringiz bormi?

- 1-tur uchrashuviga barcha o'yinchilarimiz tayyor. Ertaga bor salohiyatimizni ishga solishga harakat qilamiz.

- Musobaqadagi atrof-muhit va ob-havo qanday, sizlarga qiyinchilik to'g'dirmayaptimi?

- Biz yig'in o'tkazgan hudud iliq edi, bu yerda esa havo salqin ekan, lekin havo juda toza va bunday ob-havo bizga muammo to'g'dirmaydi.

"B" guruhida joylashgan termalar Avstraliya hamda Vetnam o'rtasidagi uchrashuv ertaga Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida 15:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia