Xitoyda "Oltin to'p" sohibining akademiyasi ochiladi

Mirjalol Normatov
28 apr 2018
Xitoy futboli rivojlanmoqda.

"Aleksandr Lobanovskiy" bolalar futbol maktabi direktori Aleksandr Ishenkoning aytishiga ko'ra, Xitoy mamlakati vakillari tashrifi chog'ida Andrey Shevchenko akademiyasi ochilishi borasida muzokara o'tkazishgan.

"Bizga Xitoyning Xenan provinciyasidan mehmonlar kelishdi. U yerda 100 milliondan ortiq aholi yashaydi. Xitoyliklar o'sha yerda Andrey Shevchenkoning futbol akademiyasi ochilishi kerakligini xohlashayotganini aytishdi", - dedi Ishenko.

Shevchenko Kievning "Dinamo", "Milan" va "Chelsi" klublaridan o'ynagan. U 2004 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru