Xitoy U20 ustozi: "Har bir uchrashuvda o'yinmizni yaxshilab bormoqadmiz"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2023
Xitoy U20 terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Pucha, Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng, matbuot anjumanida qatnashib, o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida fikringiz, o'yin natijasidan qoniqdingizmi?

- Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik, yigitlarga rahmat. Avvalgi bahsda ham yaxshi o'ynagan edik, ammo qoniqarli natijaga erisha olmagandik.

- Keyingi uchrashuv Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi bo'ladi, guruhdan chiqa olasizlarmi?

- Bu bizning uslubimiz, har bir uchrashuvda o'yinimizni yaxshilab boramiz. Ertadan boshlab Qirg'iziston terma jamoasi haqida o'ylashni boshlaymiz, hozircha esa g'alabadan rohatlanishmiz kerak.

- Ikki turdan buyon har bir uchrashuvda har hil taktikada o'ynadingiz, birinchi o'yindagi taktik uslubingizni nega o'zgartirdingiz?

- Futbolda har bir jamoa, har hil. Har doim bir hil uslubda o'ynayversak, g'alaba qozonishimiz qiyinlashib ketadi. Bu normal holat, futbolda raqibga moslashuvchan bo'lish kerak.

- Saudiya arabistoni va Yaponiyaga qarshi o'yin o'tkazdingiz, ikki jamoaning o'xshashliklarini aytib o'tsangiz?

- O'lar bir biriga o'xshamaydi. Men ularning o'xshashliklari yo'q deb o'ylayman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia