Xitoy futbol federatsiyasi tatuirovkaga qarshi kurashadi

Mirjalol Normatov
25 mar 2018, 13:48
Xitoy futbol federatsiyasi tatuirovkaga qarshi kurashmoqchi.

"Sports Weekly" nashri xabariga ko'ra, tanasiga tatuirovka chizdirgan futbolchilar mahalliy terma jamoadan chiqarib yuboriladi va chaqirilmaydi. Bu esa o'sib kelayotgan yosh avlod futbolchilari uchun yaxshi namuna bo'lishi aytilmoqda.

Mutaxassislar shu orqali futbolchilar tanasiga tatuirovkalar chizdirmasligiga ishonishmoqda.

Xitoy termasi futbolchilar Uels termasi bilan uchrashuvda elimlangan tatuirovka bilan maydonga tushishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sports Weekly