Xitoy FF Xiddink oldiga jiddiy vazifa qo'yilganini ma'lum qildi

Xayrulla Xoliqov
10 sen 2018
Gollandiyalik murabbiy Gus Xiddink Xitoy U-21 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Shunday qilib Xitoy terma jamoalarida ikki nafar mashhur murabbiy ishlaydigan bo'ldi. Xabaringiz bor, milliy terma jamoani bugungi kunda jahon chempioni Marchello Lippi boshqarmoqda. Olimpiya termasi esa 71 yoshli Xiddinkka topshirildi.

Xitoy futbol federatsiyasi murabbiy oldiga jiddiy vazifa qo'yilganini bildirdi. "Eng asosiy maqsad Xitoy olimpiya terma jamoasining Tokioda bo'lib o'tadigan 2020 yilgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish. O'ylaymizki, Xiddink boshchiligida bu vazifa bajariladi", deyilgan federatsiyaning rasmiy bayonotida.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com