Xitoy 1-ligasi. Babayan shogirdlari bu turda ham g'alaba qozonib, peshqadamga aylandi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
17 sen 2020
Xitoy Superligasidan keyingi o'rinda turuvchi chempionatning 2-tur bellashuvlari yakunlandi.

Tur doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi “Chanchun Yatay” mehmonda “Xuakayer FK” bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Aytish joiz, 38-daqiqadan boshlab mezbonlar bir kishi kam bo'lib harakat qilishdi. Gu Czyuncze qo'polligi uchun maydondan chetlatilgan.

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin Babayan shogirdlari “C” guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo'lib oldi.

“Chanchun Yatay” keyingi turni 20 sentyabr kuni “Nantong Jiun”ga qarshi o'tkazadi.

“Xuakayer FK” – “Chanchun Yatay” 0:2 (0:1, 0:1)

“Czyanin” o'yingohi

Gollar: Di Gao 9, Tan Long 82

Chetlatish: Gu Czyuncze 38

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia