Xitoylik investorlar "Inter"ni sotib olishmoqchi
Narzulla Saydullayev
13 sen 2013, 09:01
Inter prezidenti Massimo Moratti xitoylik investorlardan klub akciyalarining bir qismini sotib olish borasida taklif oldi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia.
Moratti bir necha oydan buyon indoneziyalik biznesmen Erik Toxir bilan muzokara olib bormoqda. Biroq xitoylik investorlar Morattiga taklif bilan chiqishdi. O'tgan yili Morattiga klubni sotish borasida chiqqan investorlar emasligi aytilmoqda.