Xitoy. 22-tur. Anzur Ismoilov gol urdi, ammo jamoasi mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2013, 11:06
Xitoy superligasida 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. E'tiboringizga hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.
Kamoliddin Tojiev to'p tepayotgan "Jiangsu Seynti" klubi o'z uyida "Chanchun Yatai"ni qabul qildi. Mehmonlar safida Anzur Ismoilov faoliyat yuritishidan xabaringiz bor. O'yinda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi. "Chanchun"ning yagona javob to'pini hamyurtimiz Anzur Ismoilov kiritdi. Kamoliddin Tojiev ham, Anzur Ismoilov ham o'yinda to'liq harakat qilishdi.

"Beyczin Goan" esa o'z uyida "Dalian Aerbin"ni qabul qildi. O'yinda Egor Krimec jamoadoshlari yirik g'alabaga erishishdi. Krimec uchrashuvni to'liq o'tkazdi.

Bir kun oldin Shavkat Mullajonov to'p tepayotgan "Lyaoning Xongyun" klubi safarda "Cindao Jonun" ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishgandi. O'sha kuni hamyurtimiz 90 daqiqa harakat qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia