Ximenes unga yozda MYU va "Yuventus" qiziqish bildirganini tasdiqladi

Alisher
14 noya 2020
"Vulverxempton" forvardi Raul Ximenes yozda unga "Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirganini tasdiqladi.

Qiziqish bildirgan klublar "bo'rilar" bilan aloqaga chiqqan, ammo ish muzokaralarga qadar yetib bormadi.

Ximenes oktyabrda "bo'rilar" bilan 2024 yilning iyuniga qadar shartnomasini uzaytirgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal