"Xetafe" Meyson Grinvudni to'liq sotib olmoqchi, ammo...

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2023, 16:43
Ispan klubi angliyalik yarim himoyachi o'yinidan mamnun va uni jamoaning to'laqonli a'zosiga aylanishini istamoqda.

"Xetafe" Meysonni "Manchester Yunayted"dan to'liq sotib olishga tayyor. Biroq "qizil iblislar" hozircha futbolchi bilan to'laqonli xayrlashmoqchi emas va uni yana bir mavsumga ijaraga berish niyatida.

Ushbu mavsumda Grinvud "Xetafe" safida chempionat va kubok bahslarini qo'shib hisoblaganda 10 o'yinda maydonga tushib, 3 tadan gol va assist qayd etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia