"Xetafe" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021
"Xetafe" bosh murabbiyi Michel o'z vazifasidan ozod etildi.

Manbaga ko'ra, bunday qarorni klub prezidenti Anxel Torres qabul qilgan. Jamoaning qoniqarsiz natijalari bunga sabab qilib ko'rsatilgan.

"Xetafe" sakkiz uchrashuvda bor-yo'g'i bir ochko jamg'argan holda La Ligada oxirgi o'rinni egallab turibdi. Murabbiyni oxirgi o'yinda "Real Sosedad" bilan durang (1:1) ham qutqara olmadi.

58 yoshli mutaxassis 27 may kuni "Xetafe"ni qabul qilib olgandi. U Xose Bordalas o'rnini egallagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca