

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yosh hujumchini 55-daqiqada maydonga tushirdi. Shunday qilib Xese sakkiz oydan so'ng yana futbol o'ynay boshladi.
"G'alabamizdan va safga qaytganimdan xursandman. Bu sakkiz oy men uchun azob bo'ldi. Anchelotti va klubimiz prezidentiga katta rahmat. Muxlislarimizni sevaman. Safga qaytishimni jarohatdan tuzalishda yordam bergan insonlarga bag'ishlayman" - deydi Xese.



