Xese PSJ safida 1 daqiqa o'ynadi va Fransiya chempioniga aylandi

Alisher
2 may 2020
PSJ yarim himoyachisi Xese Fransiya chempionati g'olibligi uchun beriladigan medallarni qabul qilib oladi.

Xavbek Liga 1'ning 4-turi doirasidagi "Metc"ga qarshi o'yinda PSJ safida 1 daqiqa harakat qilgandi.

Fransiya chempionati qoidalariga ko'ra, maydonda kamida bir daqiqa harakat qilgan futbolchi chempion bo'lish va medal olish huquqiga ega.

Sentyabr oyida PSJda bir daqiqa o'ynagan Xese "Sporting"ga ijara asosida yo'l olgandi.

Eslatib o'tamiz, Liga 1'ning joriy mavsumi koronavirus pandemiyasi tufayli erta yakunlandi.


AlisherMuallif
Manba: AS