Xerardo Martino: "Atletiko" va "Real" natijalarini hisobga olsak, durangdan mamnunman"

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2014, 10:03
"Barselona" bosh murabbiyi Xerardo Martino "Elche"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Durang aynan biz istagan natija emas. Lekin, "Atletiko" va "Real" bilan solishtirilganda qo'lga kiritgan ochkoimizdan mamnunmiz.

Asosiysi - so'nggi tur oldidan chempionlik uchun imkoniyatlarni saqlab qoldik. Umid qilamanki, so'nggi turda muxlislarimiz bizni qo'llab - quvvatlab turishadi. Ular yordamida sovrinni qo'lga kiritamiz", - deydi argentinalik murabbiy.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru