Xenderson APLga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
29 may 2025
"Sanderlend" rahbariyati yarim himoyachi Jordan Xendersonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

34 yoshli angliyalik italiyalik murabbiy Franchesko Farioli ketgach, "Ayaks"ni tark etishga tayyor.

Angliyalik futbolchiga "Sanderlend"dan tashqari A Seriyaning ikki klubi, shuningdek "Reynjers" qiziqish bildirmoqda.

"Sanderlend" Xendersonning 2008 yildan 2011 yilgacha o'ynagan birinchi klubi edi. 2024/25 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "qora mushuklar" APLga qaytdi.

Xenderson 2024/25 yilgi mavsum "Ayaks" safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining Niderlandiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Transfermarkt portali xavbekning transfer qiymatini 2,5 million evroga baholagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Daily Mirror