Xenderson Angliya tarkibidagi 62-o'yinida ilk golini urdi
Aslanov Jasurbek
4 iyul 2021, 01:45
Angliya termasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson Ukraina termasiga qarshi o'yinda gol urdi.
Qiziqarlisi shundaki, bu gol "Liverpul" jamoasi a'zosining terma jamoa safidagi ilk goli hisoblanadi. Xenderson terma safida Ukrainaga qarshi bahsni qo'shib hisoblaganda 62-o'yinini o'tkazmoqda.