Xemes: "Barselona"ni yuta olamiz"

Tolibjon Qosimov
1 mar 2018
"Las-Palmas" jamoasi bosh murabbiyi Pako Xemes "Barselona"ni yutishga ishonmoqda.

"Futbolchilarimga ishonaman. Ulardan qo'rqmasdan jang taklif qilishimiz kerak.

Muxlislar byudjetni emas, maydondagi jamoani, ularning har bir o'yinda bor kuchini sarflab, chiroyli o'ynashlarini istashadi. Agarda chiroyli o'yin ko'rsata olsak, "Barselona"ni yuta olamiz", - dedi Xemes.


18-o'rinni egallab turgan "Las-Palmas" Ispaniya chempionatining 27-turida "Barselona" bilan kuch sinashadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: euro-football.ru