Xaynkess kelasi mavsum ham jamoada qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 noya 2017
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes kelasi mavsum ham jamoada qolishiga umid qilmoqda.

72 yoshli mutaxassisning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

"U qolishi mumkin. Chempionlar ligasida PSJdan uchralgan mag'lubiyat klubni uyg'onishga majbur qildi. O'zgarish qilishga majbur bo'ldik. O'shandan so'ng "Bavariya" 9ta uchrashuv o'tkazdi va hammasida g'olib bo'ldi. Yupp Xaynkes bilan jamoadagi kayfiyat o'zgardi" - deydi Xyoness.

Bundesliga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal