Xavi: “Neymar menga Ronaldinyoni eslatadi”

Narzulla Saydullayev
15 noya 2013
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Xavi, jamoa hujumchi Neymarni kataloniya klubining sobiq o'yinchisi Ronaldinyo bilan taqqosladi.

“Neymar menga Ronaldinyoni eslatadi. Ronaldinyo ham avvaliga uyatchan edi, biroq keyinchalik jamoa bilan kirishib ketdi.

Neymar juda aqilli yigit. U nafaqat birga-bir vaziyatlarda, balki jamoaviy o'yinda ham ajoyib o'ynay oladi.

U hali endigina 21 yoshga kirdi. O'ylaymanki braziliyalik futbolchi o'yindan-o'yinga yuksalib boradi”, - Xavining so'zlarini keltiradi El Mundo Deportivo.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru