Xavi Messini "Barsa" jamoasi "oila"ga aylanganiga ishontirmoqda

Sherzod Nurmatov
13 apr 2023
Murabbiy Leoni shu yo'sinda qaytishga ko'ndirmoqchi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Lionel Messini Kataloniya klubiga qaytishga ishontirdi.

Avvalroq PSJ forvardi va kataloniyalik murabbiy "Barselona"ni tez-tez yozishmalarda muhokama qilishlari ma'lum bo'lgandi. Bu suhbatlarda Lionel "Barsa" haqida gapirganda birinchi shaxs shaklidan foydalanadi.

"Catalunya Radio" xabariga ko'ra, Xavi Messini "Barsa" jamoasi hozir bir oila ekanligiga ishontirmoqda. Murabbiyning takidlashicha, kiyinish xonasidagi muhit argentinalik futbolchi klubni tark etgan paytdagidan farq qiladi.

Takidlanishicha, Messining o'zi ham ismi tilga olinmagan jamoa a'zolaridan biri bilan kelishmovchilikni unutishga tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport