Xavi Messi "Barselona"ga qaytishiga ishora qildi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2022
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi PSJ hujumchisi Lionel Messining Kataloniya klubiga qaytish ehtimoliga baho berdi.

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, hozir bu haqda gap-so'z yo'q.

"Men Messining "Barselona"dagi bosqichi tugamaganiga ishonaman. Menimcha, bunday inson ikkinchi, so'nggi imkoniyatga loyiq, ammo bu keyingi yil. Hozir uning boshqa klub bilan shartnomasi bor", – deya fikr bildirdi Xavi.

35 yoshli Messi 2005 yildan 2021 yilgacha “Barselona”da o'ynagan. U jamoa safida barcha musobaqalarda 776 ta o'yin o'tkazib, 670 ta gol urgan va 302 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchining PSJ bilan kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca