Xavi: “G'alabali seriya bizni yanada kuchliroq qiladi”

Eldor Akmurzayev
7 mar 2022
“Barselona” ustozi Xavi La Liga 27-turida “Elche” ustidan qozonilgan (2:1) g'alaba haqida gapirdi.

“Natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Osonlik bilan g'alabani qo'lga kiritishimiz ham mumkin edi. “Elche” yaxshi o'yin ko'rsatdi, bizga esa qiyin bo'ldi, ammo muhimi natijaga erishdik.

Tanaffusda hisobda ortda qolishga loyiqmasligimizni his etdim. Asabiylashdim. Yaxshiroq hujum qilsak, g'alaba qozonishimizga ishongandim. Shu tufayli taktik o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Ketma-ket bir necha uchrashuvlarda zafar quchdik va bu yaxshi mehnat qilayotganimizdan dalolatdir. Har bir g'alaba bizni yanada kuchliroq qiladi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca