Xavi de Yongga nega "Barselona" uni sotishi mumkinligini tushuntirdi

Alisher
3 iyun 2022
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Frenki de Yong bilan uchrashuv o'tkazdi.

U o'yinchiga uning ehtimoliy ketishi klubning iqtisodiy ahvoli bilan bog'liq ekanligini tushuntirdi.

Xavi shuningdek niderlandiyalik o'yinchiga uning joriy mavsumdagi o'yini rahbariyatga unchalik yoqmaganini aytdi.

De Yong "Barselona"ga "Ayaks"dan 2019 yilda o'tgan edi. 25 yoshli futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: TV3