Xavi - "Betis"ga yo'lakcha ochilgani haqida: "Bu futbolga bo'lgan hurmat deyiladi"

Mirjalol Normatov
8 may 2022
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Kubogi g'olibi bo'lgan "Betis"ga g'oliblar yo'lakchasi ochilgani haqida gapirdi.

"Bu futbolga bo'lgan hurmat va sportcha dunyoqarash deyiladi. "Betis" g'oliblar yo'lakchasi uchun munosib bo'ldi. Ular biz ham qatnashgan turnirda g'oliblikka erishishdi. Agarda futbol muxlislarini, yosh futbolchilarni sportcha rux bilan tarbiyalamasak, katta xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz", - dedi Xavi.

"Barselona" "Betis"ga g'oliblar yo'lakchasini ochib berdi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana