

Qachonlardir yana Barselonani boshqarish imkoniyati paydo bo'lsa faxr bilan ishlagan bo'lardim. Futbolchilarga fidoyiliklari uchun rahmat aytmoqchiman. Ular mashg'ulotlarda maksimal harakat qilishdi. Bu mavsumda biz chempionlikni qo'lga kirita olmadik, chunki to'rt-beshta o'yinda yaxshi natija ko'rsata olmadik. Bizga omad etishmadi. Mavsumning ko'p qismini yaxshi o'tkazdik. Mavsum davomida xursand bo'ladigan va xafa bo'ladigan kunlarimiz bo'ldi. Men o'z ishimdan faxrlanaman va kelajakda ishimni davom ettirishni istayman, - dedi Xavi.



