Xavi "Barsa" futbolchilari Levandovski va Yamal o'rtasidagi tushunmovchilikka izoh berdi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2023
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Robert Levandovski va Lamin Yamal o'rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilik haqida gapirdi.

"Bo'lib o'tgan ishni normal hisoblash mumkin. O'zimda ham shunaqasi bo'lib turardi. Futbolchi bo'lgan paytimda Puyol, Valdes, Vilya, Messilar bilan ko'p bahslashardim. Siz arxivlardan buni topib, ishonch hosil qilishingiz mumkin. 

Ish vaqtida bunday holatlar bo'lib turadi va bunga katta ahamiyat bermaymiz. Robert doimo jamoadoshlariga yordam beradi. U Laminga ham ajoyib futbolchi bo'lish uchun  yordam bera oladi", - dedi Xavi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca