Xavi "Al Sadd"ga taniqli ispaniyalik futbolchini olib keldi

Alisher
20 iyul 2020
"Al Sadd" "Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorlani transfer qildi.

"Biz Kasorla bilan kelishuvga erishdik. Tez orada u shartnoma imzolash va jamoaga qo'shilish uchun Dohaga uchib keladi.

"Al Sadd"ga xush kelibsan, Santi!", - deyiladi Qatar klubi xabarida.

"Al Sadd"ni ayni damda "Barsa"ning sobiq futbolchisi Xavi boshqarmoqda. Oldinroq, "Vilyarreal" 35 yoshli Kasorlaning jamoadan ketganligini e'lon qilgan edi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AlsaddSC