Xaverc Londonda "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. U tez orada "aristokratlar" futbolchisiga aylanadi

Alisher
2 sen 2020
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc "Chelsi"ga o'tishga yaqin.

21 yoshli germaniyalik futbolchi yakshanba kuni Londonda tibbiy ko'rikdan o'tgan. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Transfer yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Chelsi" Xavercning transferi uchun 80+20 mln evro to'laydi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern