"Xatayspor" zilziladan so'ng Turkiya chempionatidagi ishtirokini to'xtatishga qaror qildi, "Gaziantep" ham shunga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
10 fev 2023
"Xatayspor" Turkiya chempionatidagi ishtirokini to'xtatdi.

Bu haqida Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Mehmet Buyukekshi xabar qildi. 

"Xatayspor" bizga xat yubordi. Unda klub ushbu mavsumda boshqa o'yin o'tkaza olmasligini ma'lum qilgan. 

"Gaziantep" ham musobaqadagi ishtirokini yakunlamoqchi. Agar shunday bo'lsa, chempionatni 17 ta jamoa bilan davom ettiramiz", - dedi Buyukekshi. 

Ayni paytda Turkiya chempionatida "Xatayspor" 14, "Gaziantep" esa 10-o'rinni egallab turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Fanatik