Sofascore. Ikkita assist va penalti ishlagan Turg'unboev juda katta bahoga loyiq ko'rildi

Khoja
21 okt 2024
Kecha Superligasi 9-tur doirasidagi Sivasspor - Xatayspor o'yini bo'lib o'tdi.

 Unda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Sivasspor safida uchrashuvning 10-daqiqasida maydonga tushgan Azizbek Turg'unboev 2 ta golga assist qayd etdi. Shuningdek, jamoasining ikkinchi golidagi penaltini ham hamyurtimiz ishladi.

 Sofascore nashri ushbu bahs uchun Turg'unobevga 8,7 baho qo'ydi va yarim himoyachi uchrashuvning eng yaxshisi bo'ldi.


KhojaMuallif
Manba: Sofascore