Xasselbaynk - Angliya 3-divizioni autsayderi bosh murabbiyi!

Aslanov Jasurbek
5 sen 2017
“Chelsi” klubining sobiq hujumchisi Jimmi Floyd Xasselbaynk Angliya uchinchi divizioni ishtirokchisi hisoblangan “Nortgempton Taun” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

45 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. Bu haqda “Nortgempton Taun” klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bungacha Xasselbaynk “Berton Albion” va “Kuinz Park Reynjers” klublarida ishlagan edi.

Ma'lumot uchun, “Nortgempton Taun” klubi chempionatning o'tkazilgan to'rtta uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan va turnir jadvalida 24-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 2ta to'p kiritib, 10ta gol o'tkazib yuborgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: