Xart: "Menga nisbatan to'g'riso'zlik uchun Gvardiolaga minnatdorchilik bildiraman"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018, 14:52
"Byornli" darvozaboni Jo Xart uning xizmatlaridan voz kechgan "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.

"Pep bilan munosabatlarimiz yaxshi, uni top-murabbiy deb hisoblayman. U meni aldamadi. Uning ko'zlariga qarab, qo'lini siqib qo'ydim. Men Gvardiolaning fikri uchun emas, to'g'riso'zligi uchun unga rahmat aytdim. Yuzaga kelgan vaziyatni ikkimiz uchun qulay yakunlashga harakat qildik. Bo'lganicha bo'ldi" - deydi Xart.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italy