Xarri Maguayr: "Kolumbiya ustidan qozonilgan bunday g'alaba Angliyani yanada kuchliroq qilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018
Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayr JCH-2018 1/8 finalida Kolumbiya ustidan qozonilgan g'alaba haqida (1:1, 4:3) fikr bildirdi.

"Biz 90 daqiqa o'yinni nazorat qildik, biroq qo'shimcha vaqtda standartdan gol o'tkazib yubordik. Bu xato muvaffaqiyatimizni yo'qqa chiqarishi mumkin edi, shu sababli bunday voqea takrorlanmasligi uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.

Ammo bunday g'alaba bizni kuchliroq qiladi, Angliya iroda ko'rsatdi va noqulay vaziyatda yaxshi natijaga erishdi" - deydi Maguayr.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Р-Спорт»